Maqolada o‘rmon fondi yerlarini kadastr baholash metodologiyasini takomillashtirish va tamoyillarini o‘zgartirish zarurligi asoslab berilgan, shu asosda kelgusida ushbu yerlardan foydalanganlik uchun ijara haqi belgilanadi. O'rmon fondi yerlarining kadastr qiymatini ularning infratuzilmasining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda aniqlash metodologiyasi keltirilgan. O‘rmon fondi yerlarining infratuzilmasi ko‘rib chiqilib, geoaxborot modellashtirish yordamida bunday infratuzilmani baholash algoritmi ko‘rsatilgan. Daraxt o'simliklari bilan qoplangan va qoplanmagan yerlarni samarali va oqilona boshqarish uchun qo'llaniladigan kompleks integral ko'rsatkichni (infratuzilmani rivojlantirish koeffitsientini) hisoblash usuli keltirilgan.